16 avg 10:27
Yangiliklar

FOTO Isroil va SHahram oqshomining markaziy jangida yangi mutlaq jahon chempioni!
Xabar berganimizdek, ushbu boks kechasi doirasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustalarimiz - SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov o'zlarining navbatdagi g'alabalarini tantana qilishdi.
Oqshomning markaziy jangi esa amerikalik 35 yoshli Jessika Makkaskill hamda yarim o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni, 38 yashar Sesiliya Brekxus o'rtasida kechdi. Bu WBC, WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlarini o'zida saqlab turgan Sesiliya uchun 25-himoya jangi edi.
Ushbu jangdagi g'alaba Brekxusga rekord seriyani taqdim etar edi. Ammo Jessika bunga yo'l qo'ymadi. Makkaskill hakamlar qaroriga ko'ra buyuk chempionni 97-93, 97-94, 95-95 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, yarim o'rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylandi. Hakamlardan biri durang qayd etgani etiborga molik.
Fikrlar