So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

05 okt 09:20
Yangiliklar

SHaxmat

FOTO. Nodirbek Yoqubboev - Jahon chempionati sovrindori!

Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo'yicha 14, 16 va 18 yoshli shaxmatchilar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

Unda O'zbekiston o'smir va yoshlar terma jamoasi azolari ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishdi. Quvonarlisi, 14 yoshgacha o'smirlar o'rtasidagi bahslarda yurtimiz sport sharafini himoya qilayotgan Nodirbek Yoqubboev jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Nodirbek 11 imkoniyatdan 8 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. U so'nggi 11-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, reytingda o'zidan yuqorida turgan ukrainalik Kiril SHevchenkoni mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu yosh toifasida jahon chempioni bo'lish rossiyalik Semen Lomasovga nasib etdi. Lomasov singari 9 ochko to'plagan yana bir rus shaxmatchisi Andrey Esipenko kumush medal bilan taqdirlandi.


16 yoshlilar guruhida qatnashgan Saydali Saidakbarov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 16-o'rinni egalladi. Sakkizinchi pog'onadagi shaxmatchi hisobida ham Saidakbarov kabi 7 ochko bor.

16 yoshli qizlar guruhida ishtirok etgan shaxmatchimiz Nilufar Yoqubboeva esa 6,5 ochko bilan 10-o'rinni egalladi. 18 yoshgacha bo'lgan shahmatchilar musobaqasida qatnashgan Bahora Abdusattorova qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6,5 ochko bilan 13-pog'onani bad etdi.


Va nihoyat, 18 yoshli o'g'il bolalar musobaqasida o'z mahoratini namoyish etgan Adil Rahmon 11 imkoniyatdan 6 ochko to'plab, 21-o'rin bilan kifoyalandi. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing