28 apr 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO Porega mashg'ulotlarda Nurmagomedovni parterda “qiynab” qo'ygan sportchi yordam beryapti
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore sentyabr oyida haqiqiy chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi o'tkaziladigan jangga tayyorgarlikni boshladi.
Dastinga mashg'ulotda Xabib Nurmagomedovning sobiq raqibi Gleyson Tibau yordam beryapti. Aynan Tibau 2012 yilda Xabibga qarshi jang o'tkazgan va parterda rossiyalik sportchini yaxshigina qiynab qo'ygandi.
O'sha jangda Nurmagomedov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Lekin ko'pchilikning fikricha, bu jang kamida durang natija bilan yakunlanishi kerak bo'lgan. Pore Gleysonning yordami va ko'rsatmalari asosida Xabibni mag'lub eta olishiga ishonmoqda.
Surat markazida Gleyson Tibau
Havola :
Fikrlar