20 avg 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Fransis Ngannu: "Bazida chempionmanmi yoki yo'q, bilmay qolaman"
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Francis Ngannu promoushen tomonidan hurmat sezmayotgani haqida gapirdi.
"Ha, men UFC tomonidan hurmatni sezmayapman. Men yaqindagina chempion bo'ldim. Bir necha oydan keyin esa chempion boshqa insonligi haqida gapirishyapti. Bazida chempionmanmi yoki yo'q, bilmay qolaman.
UFC Xyustonda PPV-shou o'tkazish niyatida ekanligini malum qildi. Bu menga noqulay vaqtda edi. Ammo, ular nima bo'lsa ham ushbu turnirni o'tkazadigan bo'lishdi. Turnirga juda oz vaqt qolganida ular mendan sentyabr oyida tayyor bo'lishim yoki yo'qligi haqida so'rashdi.
Men shunchaki tayyor emas, undanda yaxshiroq bo'lishimni aytdim. UFC esa mening javobimga qaramasdan, vaqtinchalik chempionlik jangini tashkil qildi. Bilmadim, bu ishlar faqat UFCga ayon", - deydi Ngannu.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar