So’nggi yangiliklar

10:02Рамазон Темиров ва Богдан Гусков иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:36Богдан Гусков ва Магомед Анкалаев иштирокидаги очиқ машғулот olamsport.com фотосуратчиси нигоҳида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 08:58Суперлига. Бугун 13-тур якунланади 0 08:20Майкл Пейж: "UFC менга топ-10 даги рақиблар билан жанг бермаётгани — ақлга сиғмайди" 0 19:06Богдан Гусков: "Анкалаев билан жанг ҳаётимни ўзгартириши мумкин" 0 18:35Рамазон Темиров иштирокидаги тўлиқ матбуот анжумани 0 18:13Фил Фоден "Манчестер Сити" билан шартномасини 2030 йилгача узайтирди 0 17:33Стив Эрцег Рамазон Темиров ҳақида қандай фикр билдирди? 0 16:58Холдаров ва Олимов Арманистонда илк жангларини ўтказди 0 16:33Темиров ўзи жанг қилишни хоҳлайдиган спортчи номини айтди 0 16:00Гильермо Очоа профессионал футболдаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 15:27Ўзбекистонда UFC турнири қачон ўтказилади — Рамазон Темиров ўз фикри билан бўлишди 0 14:55Рамазон Темиров Асу Алмабаев билан UFC'даги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:33Рамазон Темиров: "Бу жангда ютсам, Эрцегнинг ўрнига кўтариламан, деб ўйлайман" 0 14:12Трамп Инфантинони яна бир катта лавозимга тайинламоқчи 0

09 fev 09:46
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam. 1/4 finalda Abdusattorov - Karlsen bahsi. Sindarov kimni tanladi?

Xabar berganimizdek, Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda 1/4 final ishtirokchilari malum bo'ldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatnashayotgan musobaqada ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham o'z mahoratini namoyish qilyapti. 17 fevralga qadar davom etadigan turnir aylana tizimda o'tkazilib, unda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida o'zaro bahs olib boradi. 

Ikkinchi kungi bahslardan so'ng 1/4 finalga yo'l olgan shaxmatchilar malum bo'ldi. Saralash bahslarini ko'tarinki ruhda o'tkazgan Javohir Sindarov ikkinchi, biroz omadi yurishmayotgan Nodirbek Abdusattorov esa 7-o'rinni egallagan hoolda pley-offga chiqdi. 

Reglamentga ko'ra, peshqadamlar 1/4 finaldagi raqibni o'zlari tanlash imkoniyatiga ega edilar. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rinni egallagan Alireza Firuzdja nisbatan osonroq raqib - germaniyalik Vinsent Keymerni tanladi. Ikkinchi o'rin bilan pley-offga chiqqan Javohir Sindarovning tanlovi Magnus Karlsen va boshqa ishtirokchilarni hayron qoldirdi. U amerikalik Hikaru Nakamurani tanladi.  

Nodirbek Abdusattorov 1/4 finalda norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. Kecha bu ikki grossmeysterning saralash bosqichidagi uchrashuvida Karlsen g'alaba qozongandi. CHorak finalning so'nggi juftligida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju Fabiano Karuanaga qarshi dona suradi.   

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing