09 fev 17:22
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam. 1/4 finalga chiqqan Nodirbek va Javohir qancha gonorar ishlab oldi?
Dunyoning ko'zga ko'ringan 10 grossmeysteridan 8 nafari bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda. CHorak finalga chiqa olmagan Vladimir Fedoseev va Levon Aronyan o'zaro 9-o'rin sohibini aniqlab olish uchun o'zaro dona surishadi. Bu juftlikda g'olib shaxmatchi 12 500 AQSH dollariga ega bo'ladi. Mag'lub tomon esa musobaqani 7 500 dollar bilan kifoyalanadi.
CHorak finalga etib kelgan grossmeysterlar kamida 20 000 dollarni naqd qilib ulgurishdi. Yarim finalga yo'l olgan ishtirokchilar 60 000 dollarni o'z hisob raqamlariga yozib qo'yishadi. CHempion 200 000, vice-chempion 140 000 dollarga ega chiqadi. Uchinchi o'rin sohibi 100 000 dollarga boyib oladi. Beshinchi o'ringa 50 000 dollar ajratib qo'yilgan.
Fikrlar