12 apr 07:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/214460_220.jpg)
Frenk Uorren Fyuriga qarshi jang oldidan Uaytni so'nggi bor ogohlantirdi
Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren, agar Dillian Uayt jang qilmasa, mijozining zaxira varianti borligini aytdi.
"Barcha variantlarni ko'rib chiqamiz. Sizningcha, biz shunday katta masshtabdagi jangning scenariysini ko'rib chiqmaganmizmi? Albatta, biz buning ustida ishlayapmiz.
Uayt shartnomani imzolagan va unda ikki tomon bajarishi kerak bo'lgan majburiyatlar bor. Biz shartnoma shartlarini allaqachon bajardik. Dillian Uayt esa shartnomada bo'lmagan turli xil narsalar qilmoqda. Uaytdan faqat shartnoma shartlariga rioya qilishni so'rayman", - deya Uorrenning so'zlarini keltirmoqda talkSPORT.
Malumot uchun, Fyuri - Uayt jangi 23 aprel kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar