15 dek 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Frenki Edgar: Nabiralarimga Konor bilan jang o'tkazganimni gapirib beraman
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Frenki Edgar jurnalistlar bilan uchrashdi.
Edgar ikki vaznda sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang o'tkazish haqida o'ylayapti.
“O'ylaymanki, tez orada yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Maks Xollouey bilan oktagonda uchrashaman. CHunki, hozir aynan shu jang haqida ko'p muhokama bo'lyapti. Agar Maks rozi bo'lmasa, unda Konor Makgregor varianti ham yo'q emas. Uning o'zi ham mening vaznimda jang o'tkazishga qarshi emas.
Konor davrimizning eng mashhur sportchisi. Faoliyatimni Makgregor bilan jang o'tkazmasdan yakunlasam uyat bo'ladi. Nabiralarim Konorga qarshi oktagonga chiqqanmisiz, deb savol berganlarida “Ha” deb javob berishni istayiman”, - dedi sobiq UFC chempioni Edgar.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar