23 apr 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Frensis Ngannu faoliyatini yakunlashdan oldin Jon Jons bilan jang qilmoqchi
UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu MPV ligasi orqali MMAga qaytayotganini aytib, hali ham amerikalik Jon Jons bilan jang qilishni istayotganini bildirdi.
"Jon Jons — men faoliyatimni tugatishdan oldin albatta o'tkazmoqchi bo'lgan jang. Agar menda imkoniyat bo'lsa, aynan Jon Jonsni tanlardim. Bu jang o'sha paytda amalga oshmaganidan xafa bo'ldimmi? Yo'q, chunki aniqlik yo'q edi. Bu jang haqidagi gaplar faqat menga bosim o'tkazish uchun ko'tarilgan xolos", — dedi Ngannu MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar