So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

10 fev 14:32
Yangiliklar

Taekvondo

"Fujayra Open-2025". Taekvondochilarimiz birinchi kun uchta medalga ega bo'lishdi + FOTOGALEREYA

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahridagi "Zayed Sport Venue" majmuasida taekvondo WT bo'yicha G2 tasnifidagi "Fujayra Open-2025" musobaqasining kattalar o'rtasidagi bellashuvlari start oldi.

Erkaklar o'rtasida tashkil etilgan ilk kungi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining sakkiz nafar sportchisi g'oliblik uchun dayangga ko'tarildi. Yakunda sportchilarimiz bitta oltin, bitta kumush hamda bitta bronza medaliga ega chiqishdi.

Oltin:

Jasurbek Jaysunov (80 kg).

Kumush:

Najmiddin Qosimxojiev (74 kg).

Bronza:

Yodgorbek Jo'raboev (74 kg).

Hamyurtlarimizning kecha qayd etgan natijalari bilan tanishing:

Diyorbek To'xliboev (68 kg) chorak finalga qadar etib borib, yarim final yo'llanmasi ostonasida xitoylik Guansen Niuga imkoniyatni boy berib qo'ydi;

Umidjon Turobov (68 kg) ilk jangida italiyalik Davide Lyupoga imkoniyatni boy berdi;

Islombek Rajabov (74 kg) chorak finalga qadar etib bordi, u yarim final yo'llanmasi uchun kechgan bahsda neytral maqomdagi sportchi Magomed Abdusalamovga mag'lub bo'ldi;

Najmiddin Qosimxojiev (74 kg) musobaqada kumush medalga ega chiqdi, u finalda Kot-dIvuar vakili Jin Kuamega imkoniyatni boy berdi;

Jasurbek Jaysunov (80 kg) musobaqa g'olibiga aylandi. Hamyurtimiz final jangida greciyalik Yoannis Papadopulosdan ustun keldi;

SHahboz Tusmatov (80 kg) chorak finalga qadar etib bordi, u finalda Jaysunovga mag'lub bo'lgan Papadopulosga imkoniyatni boy berib qo'ydi;

SHuhrat Salaev (87 kg) chorak final bosqichida eronlik Mohammad Yazdaniga mag'lub bo'ldi;

Yodgorbek Jo'raboev (87 kg) turnirning bronza medalini qo'lga kiritdi, u eronlik Ahmad Aliga imkoniyatni boy berdi.

Bugun turnir doirasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar o'tkaziladi. Unda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qiladi:

Madina SHoniyozova (46 kg)

Zuhra Tojimatova (46 kg)

Dilnoza Tangirova (49 kg)

SHabbona Abduvalieva (57 kg)

Ozoda Sobirjonova (67 kg)

Polina Xan (73 kg)

Svetlana Osipova (+73 kg).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing