So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

08 apr 08:37
Yangiliklar

Futbol, Bolalar sporti

Futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari bellashdi FOTO

Bolalar-o'smirlar futbol akadimiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi bosqich bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Xususan, Toshkent shahri va poytaxt viloyati bolalar-o'smirlar futbol akadimiyalari tarbiyalanuvchilari ham birinchi bosqich doirasida o'zaro kuch sinashishdi. 

Dastlab, Yangiyo'l tumanidagi Xalqaobod qo'rg'onida joylashgan stadionda 2005 hamda 2003 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilar o'zaro bellashishdi. O'yin oldidan musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi va shundan so'ng musobaqaga start berildi. 2005 yilda tug'ilgan o'smirlar (U-14) bahsida 3:3 natijasi qayd etildi. 

2003 yilda tug'ilgan (U-16) yosh futbolchilar uchrashuvi Toshkent viloyati bolalar-o'smirlar futbol akadimiyasi tarbiyalanuvchilarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Kunning ikkinchi yarmida esa dastur-rejaga muvofiq, o'yinlar Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akadimiyasi stadiondida 2002-2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilar  o'rtasida tashkil etildi. 2004 yilgi (U-15)  futbolchilar o'rtasidagi o'yinda 2:2 hisobidagi durang natijasi qayd etildi. 2002 yilda tug'ilgan  (U-17) bolalar o'yinida Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari 2:0 natijasi bilan g'olib bo'lishdi. 

Albert AHMADGALIEV, Toshkent viloyati bolalar-o'smirlar futbol akadimiyasi direktori: 

- Futbol akadimiyalari o'rtasidagi  mazkur ilk bor tashkil etilgan chempionat mamlakatimizda futbolni, xususan, bolalar futbolini yanada rivojlanishida, ommalashishida xizmat qiladi. SHuningdek, istedodli yoshlarni saralanishida keyinchalik professional tarzda tayyorlab borishda ham muhim hisoblanadi. Albatta, buning natijasida milliy terma jamoalarimiz, professional futbol klublarimizga munosib zaxira sportchilar tayyorlanishiga ham zamin bo'ladi.     

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing