15 apr 13:08
Yangiliklar
Futbol

Futzal. Bugun terma jamoamiz Tojikistonga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi-2026 saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Tayyorgarlik davomida bugun Nodir Eliboev jamoasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi ikkinchi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Uchrashuv soat 16:00 da start oladi.
Mazkur jamoaarning yakshanba kuni bo'lib o'tgan dastlabki bahsida Nodir Eliboev shogirdlari yirik — 8:1 hisobida g'alaba qozongan edi.
Havola :
Fikrlar