02 avg 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyodor Emelyanenko navbatdagi jangi haqida malumot berdi
Rossiyalik mashhur MMA jangchisi Fyodor Emelyanenko navbatdagi jangi qachon o'tkazilishi haqida berilgan savolga javob berdi.
"So'nggi imperator"ning tan olishicha, hozircha uning o'zi ham aynan qachon oktagonga ko'tarilishini bilmaydi.
"Hozircha hech qanday rasmiy malumot yo'q. Bellator promousheni turnirlarni muxlislar bilan o'tkazmoqchi. SHu sababdan qachon arenalarga muxlislar tashrifi uchun ruxsat berishsa, o'sha paytda jang haqida gapirish mumkin bo'ladi. Mening zalimda shug'ullanayotgan sportchilar esa yaqin kunlarda muxlislarsiz o'tadigan shouda jang o'tkazishadi", — dedi Emelyanenko.
SHunday bo'lsa-da, Fyodor Emelyanenko shu yilning oxirida AQSHda jang o'tkazishni rejalashtirganini ham tan oldi. Fyodor faoliyati davomida jami 45 ta jang o'tkazib, 39 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar