So’nggi yangiliklar

18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0

13 apr 12:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Fyuri agar Joshuaga qarshi jang o'tkazilmasa, yana ketish bilan tahdid qildi

Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hozirda uni faqat hamyurti Entoni Joshua bilan jang qiziqtirayotganini aytdi.

Bu haqda u Arslanbek Mahmudov ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan qozonilgan g'alabali jangidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida malum qildi. Tayson Arslanbekka qarshi jangda beshinchi marta ringga qaytdi.

"Keling, bu jangni amalga oshiramiz. Hamma gap shunda. Agar Entoni Joshua bilan jang bo'lmasa, boks meni boshqa qiziqtirmaydi", - dedi Fyuri. — Men mingta pasxa tuxumini eb, 200 kg gacha semiraman. Ha, men bu safar boksdan butunlayga ketaman. YO u bilan jang qilaman yoki yana faoliyatimni yakunlayman.

"Nima uchun men maktab o'quvchilari bilan jang qilishim kerak? - deya qo'shimcha qildi Fyuri boshqa potencial raqiblar haqida gapirib. - Meni Daniel Dyubua yoki Mozes Itauma bilan jang qiziqtirmaydi. Men bilan jangda nimanidir isbotlamoqchi bo'lgan yosh bokschilar bilan jang qilish menga kerak emas. Menga baribir. Reyting va kamarlarga tupurdim. Meni faqat Joshua qiziqtiradi. Bu Britaniya boksi uchun hal qiluvchi jang.

Fyurining promouteri Frenk Uorrenning aytishicha, sobiq chempion Turki Al ash-SHayx taklifiga javoban allaqachon Joshua bilan jang qilishga rozilik bergan, uning menejeri Spenser Braun esa bu jang "bu yil 100 foiz o'tishiga" ishonch bildirdi.

Tayson Fyuri va Arslanbek Mahmudov o'rtasidagi jangni translyaciya qilgan Netflix striming xizmati Joshua bilan jang kuzga mo'ljallanganini, ehtimoliy arenalar sifatida Londondagi 90 ming kishilik "Uembli" hamda Dublindagi 82 ming kishilik "Krok Park" stadionlari tilga olinganini malum qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing