04 iyu 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "Aka-uka Klichkolar ketganida barcha xursand bo'lgandi"
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri Klichkolar davri haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Menda og'ir vazndagi sevimli bokschi yo'q, ammo ko'pchilikni yoqtiraman: Muhammad Ali, Larri Xolms, Maykl Spinks, Mayk Tayson, Evander Xolifild va Lennoks Lyuis.
Ular o'z davrlarida juda yaxshi jang olib borganlar. Biz agar raqiblarimiz zo'r bo'lsalargina zo'r bo'la olamiz. Agar o'z davringda superog'ir vazn toifaisida etakchi bo'lsang, lekin munosib raqiblaring bo'lmasa, afsonaviy bokschi bo'la olmaysan.
Agar Vladimir va Vitaliy Klichkoning davriga qaraydigan bo'lsak, ular ketganida ko'pchilik xursand bo'lgandi. CHunki ular etakchi bo'lgan davrda katta raqobat bo'lmagandi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar