15 noy 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "Biz Uaylder bilan Angliyada bemalol 75 ming chipta sotgan bo'lardik"
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri agar Uaylderga qarshi jang Britaniyada o'tkazilganida katta ajiotaj keltirib chiqarishi mumkinligi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 1 dekabr kuni Los-Anjelesda o'tkaziladi.
"Ishonchim komilki, "Staples Center"da muxlislarim huddi Uaylderniki kabi bo'ladi. Ammo tan olaylik, jang Manchesterda yoki Britaniyaning boshqa shahrida o'tkazilganida stadion to'lgan bo'lardi. Biz osonlik bilan 75 ming chipta sotgan bo'lardik.
Ammo, ular jangni shu erda tashkil etishga qaror qilishdi. Men bularning barchasi okeanortida o'tkazilayotganidan xursandman. Men yana yo'lga tushaman va turli bokschilarga qarshi jang qilib, o'z hududlarida ulardan kamarlarini tortib oluvchi bokschiga aylanaman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar