28 fev 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri dahshatli gonorar evaziga Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri o'g'li Joshuaga qarshi ringga chiqishi uchun yarim milliard dollar talab qilmoqda.
“Hozirda Tayson birinchi raqamli bokschi, undan keyingi o'rinda Uaylder. Joshuaga qarshi jang? Agar Xirn yarim milliard dollar taklif qilsa, biz bu jangga rozilik beramiz. O'g'lim endi arzimagan pulga ringga ko'tarilmaydi, u ko'prog'iga munosib.
Men yarim milliardni barchasini o'g'lim oladi demadim, gonorar teng bo'linadi. Bu jangni butun dunyo kutmoqda”,-dedi Jon Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar