11 iyu 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshuaga maslahat berdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri vatandoshi Entoni Joshuaga maslahat berdi.
"Entoni atrofidagi barcha bekorchilarni haydab yuborishi kerak. Unga har doim "Xop" deb yuradigan odamlar kerak bo'lmasa kerak. Ko'pchilik u bilan manfaat uchun birga yuripti.
Joshuaning otasi o'g'li aqlliroq bo'lishi kerakligini aytdi. Men bunga qo'shilaman. Entoni faqat u haqida qayg'uradiganlarning gapiga quloq tutishi lozim", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar