14 mar 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri keyingi raqibi nomini aytdi. Qizig'i, u Joshua emas!
Amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri keyingi raqibi Entoni Joshua emas, balki sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'zaro ikkita jang o'tkazishga kelishishgani haqida xabar berilgandi.
"Keyingi jangimda Joshuaga qarshi ringga ko'tarilamanmi? Yo'q! Jin ursin. Bu yil menda ikkita jang bor. Aslida menga kim bilan jang qilishning umuman farqi yo'q.
Uaylderni hali hisobdan chiqarishga erta. Kim biladi deysiz, balki keyingi jangim aynan Uaylderga qarshi bo'lar. Men Deonteyga qarshi ajoyib trilogiya o'tkazishim mumkin", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar