29 iyu 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri – Klichko jangi qachon o'tkazilishi malum qilindi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyuri hamda sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko o'rtasidagi revansh jangining o'tkazilish muddati malum qilindi.
Fyurining jamoasi ushbu revansh jangi sentyabr oyining oxirlari yoki oktyabrning boshida o'tkazilishini elon qilishdi. Hozircha Klichkoning jamoasi bu xabarga munosabat bildirishmadi.
Eslatib o'tamiz, aslida ushbu jang 9 iyul kuni Manchester shahrida o'tkazilish kerak edi. Lekin Fyurining oyog'idan olgan jarohati sabab jang nomalum muddatga qoldirilgandi.
Havola :
Fikrlar