12 fev 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "Men ishsizlik nafaqasini olaman"
Boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan Tayson Fyuri moliyaviy holati haqida gapirib o'tdi.
"To'g'risini aytsam, menda umuman pul yo'q. Hisobim nol. Ishsizlik uchun beriladigan nafaqa hisobiga kun ko'ryapman. Bu haqiqat.
Boks orqali pul ishlab topmayman. Gonorarimning yarmini jamoadoshlarimga beraman. Qolgan qismini esa xayriya yo'lida ishlataman. CHunki, odamlarni urib pul topishni noto'g'ri qaror deb hisoblayman.
Jang qilishni yaxshi ko'raman va 50 yoshimgacha boks tushmoqchiman", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : Daily Record
Fikrlar