27 jan 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Raqamlar aldamaydi, u - eng kuchli pancher!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylder haqida fikr bildirdi.
“Raqamlar aldamaydi. Ular Uaylderni boks tarixidagi eng kuchli pancher ekanligini aytmoqda. U 43 raqibini nokaut qilgan. Bu - shunchaki ajoyib!
Men hech qachon barcha raqiblarini nokaut qilgan bokschiga qarshi ringga ko'tarilmagandim. U meni ham nokaut qilishiga oz qolgandi”, - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar