01 fev 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri sparringda Joshuaga yutqazib qo'yganini tan oldi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'z vaqtida Entoni Joshua bilan bo'lgan sparring jangda yaxshigina farq bilan yutqazgan ekan.
Bu voqea 2010 yilda bo'lgandi.
"Men o'sha jangga jiddiy etibor bilan qaramagandim. CHunki, u hali havaskor edi. Agar men uni ursam keyingi safar sparringga rozi bo'lmasligi mumkin edi. Jang vaqtida hujum qila boshladi. Men esa o'ylardim: "U kuchli emas. Hotirjam ishlayveraman". SHu payt... U menga kuchli apperkot zarba berib qoldi. Agar suyagim Devid Praysnikiga o'xshash bo'lganida bir oy nokautda yotgan bo'lardim.
O'zimni dunyodagi eng kuchli superog'ir vaznli bokschi hisoblardim. U menga qarshi uch raund jang qilib, g'alaba qozongan. Buni rad etmayman. Ochiq tan olaman, u meni sparringda mag'lub etgan", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar