09 okt 09:53
Yangiliklar

Fyuri - Uaylder 3: Bokschilar trilogiya oldidan taroziga chiqishdi + FOTO
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida amaldagi WBC chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) hamda amerikalik davogar, ushbu kamarning sobiq sohibi Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) o'rtasida o'tkaziladi. Kecha tunda bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Etiborga molik jihati shundaki, har ikki bokschi ham faoliyatlaridagi rekord darajadagi vaznni ko'rsatishdi. "Ciganlar Qiroli" - 125,6 kg, Uaylder esa 107,6 kg tosh bosdi. Birinchi jangda Tayson 116 kg, Deontey esa 96 kg vaznda bo'lgan edi. O'shanda jang durang natija bilan yakunlangandi. Revanshda Fyuri - 123,8 kg, Uaylder - 104,8 kg vaznga ega bo'lgan. Ikkinchi jangda Fyuri raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratib, raqibining kamarini tortib olgandi.
Fikrlar