08 okt 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: "Uaylder ruhan zaif"
Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri raqibi Deontey Uaylder haqida gapirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, raqibi psixologik tomondan kuchsiz.
"Bunchalik ko'p ayblovlar faqat ruhan zaif insondan chiqadi. Bu narsa menga Uaylder qanchalik kuchsiz ekanini ko'rsatmoqda. U matbuot anjumaniga ko'ylak kiymay kelib, menga taqlid qilmoqda. Men aynan shu jihatim bilan hammadan ajralib turaman.
Insonlar birgina sababga ishonishlari mumkin, ellik hil bahonaga emas. Umid qilamanki, unda bahonalar kitobi bor. SHu sabab ham, men uni yana bir marta yanchib tashlayman", - dedi Tayson Fyuri.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar