12 apr 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Uaytga qarshi jang oldidan muxlislariga murojaat qildi
Super og'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri (31-0-1, 22 KO) Dillian Uaytga (28-2, 19 KO) qarshi bo'lajak jang oldidan o'z fikrlarini aytdi.
"Lo'lilar qiroli"ning so'zlariga ko'ra, chempionlik jangi oldidan mashg'ulotlarni ajoyib o'tkazmoqda.
"Mashg'ulot yaxshi o'tmoqda. Uch haftadan kam vaqt qoldi. Barchangizni "Uembli" stadionida ko'rishni intiqlik bilan kutyapman", — dedi Fyuri
SHuningdek, Tayson Fyuri bo'lajak jang oldidan o'z taxminini aytdi.
"Aytishim mumkinki, muxlislarim oldida Dillian Uaytni nokaut qilaman. Xudo barchangizni o'z panohida asrasin", — deya qo'shimcha qildi britaniyalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Fyuri - Uayt jangi 23 aprel kuni Londondagi (Buyuk Britaniya) "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar