01 may 18:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Usik bilan jang qilish ehtimoli haqida jiddiy bayonot berdi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik bilan bo'lishi mumkin bo'lgan jang haqida bayonot berdi.
Britaniyalik bokschining aytishicha, divizionning mutlaq chempioni unvoni uchun jang o'tkazilmaydi. U faoliyatini tugatgan.
"Men allaqachon so'zsiz chempionman. Qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha kamarlarni qo'lga kiritdim. Boshqa qiladigan ishim yo'q. Men nafaqaga chiqdim. Gap tamom.
Usik bilan jang hech qachon bo'lmaydi. Sababi faoliyatimni yakunlaganman. Ammo, men uni butun ring bo'ylab kaltaklagan bo'lardim", — dedi Fyuri talkSPORT nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar