08 okt 09:53
Yangiliklar

Fyuri va Uaylderga yakuniy ko'z urishtirish marosimini o'tkazish taqiqlandi
WBC chempioni Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Ushbu jarayonda ananaviy ko'z urishtirish marosimi o'tkazilmadi. Bunga sabab, britaniyalik promouter Bob Arum bo'ldi. Arumning so'zlariga ko'ra, matbuot anjumanini o'tkazgan jurnalist Keyt Abdo o'z savollari bilan ushbu tadbir atmosferasini salbiy tomonga o'zgartirgan. Bu esa jangchilar quyushqondan chiqarishi mumkin edi.
"Agar nigohlar to'qnashuvi o'tkazilganda ular bir-birlarini eng kamida itarib yuborishardi. Sahnada qo'riqchilar yo'q edi. Kim ularni ajratar edi? Ikki bokschi ham qiziqqon.
Men "Qanaqa ko'z urishtirish marosimi?", -deb aytdim. Jurnalist ham, FOX kanali ham kelgan joyiga ketaversin. Hech qanday ko'z urishtirish marosimi bo'lmadi va biz jangni asrab qoldik", - dedi Bob Arum.
Fikrlar