04 fev 18:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri xayrlashuv jangida kimga qarshi ringga chiqishini aytdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri faoliyatining so'nggi qismida jang qilish istagida bo'lgan bokschilar ro'yxatiga o'zgartirish kiritdi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik charm qo'lqop ustasi yana uchta jangdan so'ng qo'lqoplarini mixga iladi. Fyuri katta boks bilan xayrlashuv jangini Derek CHisoraga qarshi o'tkazish istagida.
Avvalroq, Tayson Fyuri Deontey Uaylder, Entoni Joshua va Dillian Uayt bilan jang o'tkazmoqchi ekanligini aytgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar