26 apr 08:04
Yangiliklar
Fyurining jangdan so'ng Uaytga nimalar degani malum
23 aprel oqshomida Tayson Fyuri o'zining WBC chempionlik kamarini Dillian Uaytga qarshi jangda muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangda g'alabaga erishgan Fyuri hamyurtini qo'llab-quvvatladi.
Fyuri matbuot anjumanida Uayt bilan suhbati tafsilotlarini aytib bergan. "Lo'lilar Qiroli"ning so'zlariga ko'ra, u raqibiga albatta jahon chempioni bo'lishini aytgan.
"Uni urgan bo'lsam ham, tashvishlandim. Dillianga jangni davom ettirishga ruxsat berishlaridan havotirda edim, lekin hakam to'g'ri qaror qabul qildi. Men chaqqon bokschi edim. Hozir men haqiqatan ham vaznimdan foydalanaman va raqiblarim uni his qilishiga imkon beraman. Bu haqiqatan ham dividend olib keladi.
Jangdan keyin Dillian bilan gaplashdim. Uni quchoqlab, o'pib qo'ydim. Unga chempion bo'lishini, lekin hozir eng zo'rlari bilan to'qnash kelayotganini aytdim. Odamlar Uaytning yomon ko'rinishini aytishadi. Umuman qo'lqop kiymagan odamlarni ko'rdim, keyin shunga o'hshash izoh berdim: "Borginda, qo'lqopni kiy, keyin gapir", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi talkSPORT.
Fikrlar