14 may 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining otasi nima uchun Usikning jamoadoshiga zarba berganini aytdi
Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri Aleksandr Usikning jamoadoshi bilan yuzaga kelgan janjal haqida gapirdi.
"Men shunchaki o'z yo'limda ketayotgandim, kimdir "Usik, Usik, Usik!" deb baqirib qoldi. Men o'g'lim uchun turib berdim, chunki u dunyodagi eng zo'ri. Men odamlar uni hurmat qilishlarini istayman va chempion sifatida qarashlarini xohlayman. Agar men bunga aralashmaganimda, barchasi yomon bo'lardi.
Qandaydir tirmizak mening hududimga kirmoqchi bo'ldi va o'ziga tegishlisini oldi, keyin barchasi tugadi", - dedi katta Fyuri.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar