24 jan 13:30
Yangiliklar
G'alabali seriya bilan kelayotgan qirg'iz UFC jangchisiga raqib berildi
Yarim o'rta vazn toifasidagi qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi tajribali Kris Kyortisga qarshi jang o'tkazadi. Orolbay muddatidan avval qozonilgan ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. U kimura usulida Tofik Musaevni, nokaut evaziga Jek Germansonni mag'lubiyatga uchratgan edi. Bungacha qirg'izistonning 27 yoshli Miktibek tashkilotda birinchi marta mag'lubiyatga uchrab, hakamlarning alohida qarori bilan Mateush Rebeckiga yutqazgan edi.
Kris Kyortis esa avvalgi jangida Maks Griffin ustidan alohida hakamlik qarori bilan g'alaba qozonib, faoliyatini muvaffaqiyatli yo'nalishga qaytardi. Bu bilan 38 yoshli amerikalik Brendan Allen va Roman Kopilovga qarshi janglarda ikki mag'lubiyatdan iborat seriyani yopdi.
Orolbay o'tgan yili engil vazn toifasidan yarim o'rta vaznga ko'tarilgan bo'lsa, Kyortis ham o'rta vazn toifasidan tushib, divizionda ikkinchi jangini o'tkazmoqda.

Fikrlar