21 avg 07:12
Yangiliklar
Futbol
"Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi
Moskvaning "Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Batrakov faoliyatini Turkiyaning "Galatasaroy" klubida davom ettiradi.
Tomonlar 21 yoshli Rossiya terma jamoasi futbolchisining transferi bo'yicha kelishuvga erishganini rasman elon qildi.
Xabarlarga ko'ra, "Lokomotiv" Batrakov transferi uchun 25 million evro oladi. Ushbu mablag' ikki yil davomida to'lab beriladi. SHuningdek, shartnomada yana 4 million evro bonuslar ko'zda tutilgan. Batrakovning "Galatasaroy"dagi maoshi bonuslar bilan birga mavsum uchun 4 million evrodan ortiq bo'ladi.
SHuningdek, futbolchining Evropaning boshqa klublari uchun belgilangan tovon puli 55 million evroni tashkil etadi. Batrakov joriy mavsum Rossiya Premer-ligasida 4 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.

Havola :
Fikrlar