19 fev 08:32
Yangiliklar
Gandbol
Gandbol. Andijonda qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi
Andijon shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport majmuasida gandbol bo'yicha mamlakat chempionati boshlandi.
Musobaqada 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smir qizlardan iborat jamoalar ishtirok etyapti. O'zbekistonchempionatida respublikamizning turli hududlaridan kelgan 8 jamoa o'zaro bahslarga kirishgan.
SHuningdek, musobaqa dasturidan murabbiylar va hakamlar seminari ham o'rin olgan edi. O'quv-amaliy mashg'ulotlarni Germaniyaning Leypcig shahrida Xalqaro murabbiylar kursida malaka oshirib kelgan mutaxassis Ulug'bek Ikromov o'tkazdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar