21 may 09:14
Yangiliklar
Gandbol. Bosh sovrin Toshkentda qoldi FOTOGALEREYA
Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida o'tgan mamlakat chempionatida 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar O'zbekistonning ushbu yosh toifasidagi eng kuchli jamoasini aniqlash uchun bahs olib borishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 15 ta jamoa ishtirok etgan O'zbekiston chempionati yakunida bosh sovrin poytaxtlik qo'l to'pi ustalariga nasib qildi. Ular final uchrashuvida Andijon viloyati jamoasidan 45:34 hisobida ustun kelishdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi gandbolchilari uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Surxondaryo viloyati jamoasidan 45:36 hisobida ustun kelib, O'zbekiston chempionatining bronza medaliga ega chiqishdi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Fikrlar