18 avg 08:43
Yangiliklar
Gandbol
Gandbol: Navoiyda qizlar o'rtasida mamlakat chempionati boshlandi
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 2004-2005 yillarda tug'ilgan qizlar o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi, deb xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Musobaqada jami 12 ta jamoa to'rtta guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
“A” guruhi – Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi;
“V” guruhi – Andijon, Jizzax, Xorazm viloyatlari;
“S” guruhi – Farg'ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari;
“D” guruhi – Namangan, Samarqand, Navoiy viloyati-2.
SHuni alohida takidlash joiz, O'zbekiston chempionatida ayrim sabablarga ko'ra Toshkent shahri, shuningdek Buxoro hamda Sirdaryo viloyati jamoalari ishtirok etishmayapti.
Musobaqa g'oliblari ertaga aniqlanadi. Ushbu chempionat O'zbekiston o'smir qizlar terma jamoasiga nomzodlarni saralab olish imkonini beradi.
Havola :
Fikrlar