24 jan 19:47
        Yangiliklar	
	
				
				    Gandbol			    
				
				
			
				Gandbol. Osiyo chempionatida ikkita g'alabaga erishdik
Ganbdol bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Janubiy Koreyada o'tkazilayotgan Osiyo chempionatida qatnashayotganliklari haqida xabar bergandik.
			Vakillarimiz guruh bosqichida Yaponiya va Eron terma jamoalariga imkoniyatni boy bergandilar. Yakunda guruhda so'nggi o'rinni egallagandik. 
SHu tariqa terma jamoamiz quyi o'rinlar uchun kurashishga majbur bo'ldilar. Hamyurtlarimiz avvaliga Yangi Zelandiya terma jamoasini 33:19, keyin esa Hindiston terma jamoasini esa 29:27 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdilar.
Endi O'zbekiston terma jamoasi 26 yanvar kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadilar. Gandbolchilarimiz ushbu bahsda g'alaba qozona olsalar, Osiyo chempionatini to'qqizinchi o'rinda yakunlaydilar. Malumot uchun, qita birinchiligida 14 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

            Havola            :         
                    Manba                : Olamsport.com
            
			
Fikrlar