So’nggi yangiliklar

11:07Бугун Жаҳон чемпионатининг жамоавий аралаш беллашувларида иштирок этамиз (Жуфтликлар) 0 10:36Нажмиддин Қосимҳожиев ва Озода Собиржонова Париж Гран-присида совриндор бўлди 0 10:05"Барселона" Флик қўлостида ўтказган 126 та ўйинда 43-йирик ғалабасини қўлга киритди 0 09:34Тўққизта финиш ва битта дуранг қайд этилган UFC Fight Night 290 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 09:03UFC Fight Night 290 турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:32Уайлдернинг Опетаяга қарши жанги Жошуа — Фьюри кардида ўтказилиши мумкин 0 08:01Олтита сариқ, битта қизил: "Реал" "Вильярреал"ни қийинчилик билан мағлуб этди 0 18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0

05 mar 11:33
Yangiliklar

Gandbol

Gandbol: terma jamoalarimiz jahon kubogida Osiyo sharafini himoya qiladi

Teglar :  GandbolJahon kubogi
Bir haftadan keyin Kosovoning Prishtina shahrida U-19 o'smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o'rtasida o'tadigan Xalqaro gandbol federaciyasi kubogining qitalararo bosqichida O'zbekiston terma jamoalari Osiyo qitasi sharafini himoya qiladi.

12-16 mart kunlari U-19 o'smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o'rtasida har ikki yilda bir marta tashkil etiladigan jahon kubogining qitalararo bosqichida Afrika, Evropa, Osiyo, Okeaniya, Janubiy va Markaziy Amerika hamda SHimoliy Amerika va Karib havzasi bosqichlarida har bir yosh toifasida zafar quchgan bittadan jamoa maydonga tushadi.

U-19 o'smirlar birinchiligida Nigeriya (Afrika), Nikaragua (Janubiy va Markaziy Amerika), AQSH (SHimoliy Amerika va Qarib havzasi), Yangi Kaledoniya (Okeaniya), O'zbekiston (Osiyo), Kosovo (Evropa) davlatlari kurash olib borsa, U-21 yoshlar birinchiligida Nikaragua (Janubiy va Markaziy Amerika), Ruanda (Afrika), AQSH (SHimoliy Amerika va Qarib havzasi), Yangi Kaledoniya (Okeaniya), O'zbekiston (Osiyo), Bolgariya (Evropa) jamoalari qatnashadi.

Quraga ko'ra, bu jamoalar avvaliga uchtadan ikki guruhga taqsimlanadi. O'z guruhida 1 va 2-o'rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo'l oladi. Uchinchi o'rin sohiblari 5-o'rin uchun maydonga tushadi.

Aytish lozim, qitalararo jahon kubogi yo'llanmasini har bir jamoa o'z qitasida o'tkazilgan saralash musobaqalarida qo'lga kiritgan. Jumladan, O'zbekiston terma jamoalari joriy yilning 3-7 yanvar kunlari Hindistonning Lakxnau shahrida U-18 o'smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o'rtasida tashkil etilgan Xalqaro gandbol federaciyasi kubogining Osiyo qitasi bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, jahon kubogi bosqich yo'llanmasiga ega chiqqandi.

Mamlakatimizning U-19 va U-21 terma jamoalari ayni kunlarda Toshkent shahridagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi majmuasida ushbu nufuzli musobaqa oldidan hal qiluvchi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Yurtimiz gandboli to'g'risida yana bir yangilik. Poytaxtimizda O'zbekiston gandbol federaciyasi Toshkent shahar bo'limining o'tkazilgan navbatdan tashqari yig'ilishida bo'limning yangi raisi saylandi.

Poytaxtda faoliyat yuritayotgan trenerlar va soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda Sportning o'yin turlari va engil atletika bo'yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Sanjarbek Nazarov O'zbekiston gandbol federaciyasi Toshkent shahar bo'limi raisligiga saylandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing