27 avg 17:45
Yangiliklar
Gandbol. Yoshlarimiz Osiyo chempionatining 1/4 finalida! Guruhning so'nggi o'yinida mezbonlar mahv etildi
Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Qo'l to'pi ustalarimiz A guruhida 3-o'rinni egallab, 1/4 finalga yo'l olishdi. To'rtta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, qolgan ikkisida mag'lub bo'lgan yoshlarimiz A guruhida 3-o'rin bilan 1/4 finalga yo'l olishdi.

Reglamentga ko'ra, terma jamoalar ikkita guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishgan. Har bir guruhdan 4 tadan terma jamoa Osiyo chempionatining 1/4 finaliga chiqdi. Faqat so'nggi o'rin sohiblarigina musobaqa bilan xayrlashishdi.

Endi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim final chiptasi uchun V guruhida ikkinchi o'rinni egallagan Eron gandbolchilariga qarshi bahs olib boradi.
Guruh bosqichidagi o'yinlarimiz:
O'zbekiston – Iordaniya 42:32
O'zbekiston – Hindiston 38:35
O'zbekiston – Bahrayn 28:36
O'zbekiston – Koreya Respublikasi 29:47
Osiyo chempionati. 1/4 final juftliklari
Eron – O'zbekiston
Bahrayn – Saudiya Arabistoni
Kuvayt – Koreya Respublikasi
Bahrayn – Iordaniya

Fikrlar