13 iyu 17:27
Yangiliklar
Gandbolchilarimiz “Interamnia World Cup”da
1973 yili asos solingan va o'z tarixida elliginchi marotaba o'tkazilayotgan o'ziga xos jahon Kubogida besh qitaning 46 davlatidan kelgan 164 ta yoshlar va qizlar, erkaklar va ayollar jamoalari g'oliblik uchun o'zaro kuch sinashyapti.
Ushbu nufuzli musobaqada o'zbekistonlik gandbolchilar ham ishtirok etishmoqda. Xususan, Toshkentning RKOR jamoasi yoshlar, Bekobodning AGMK jamoasi esa erkaklar birinchiligida mamlakatimiz sharafini himoya qilyapti.
Etiborlisi yana shundaki, hamyurtlarimizdan Dilshod Turapov va Hasan Qayumov 50th Interamnia World Cup uchrashuvlarida hakamlik ham qilishmoqda.
Takidlash joiz, vakillarimiz ushbu Kubok o'yinlarida 2016 yildan buyon ishtirok etishmoqda. Dastlabki yili erkaklar jamoamiz chempionlik nashidasini surgan bo'lsa, keyinchalik, yoshlar jamoamiz ikki marta shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilib, yana ikki marta kumush medal egasiga aylanishgan.
Fikrlar