01 iyu 16:45
Yangiliklar
Gandbolchilarimiz Italiyaga jo'nab ketishdi
Terma jamoamiz azolari safar oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini Andijon shahrida o'tkazishdi. Ulug'bek Ikromov va Zafar Azimov shogirdlari xalqaro turnirga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishdi.
Malumot uchun, ertaga 21 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston qizlar terma jamoasi Rossiya federaciyasi poytaxti Moskva shahrida o'tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo'lga chiqishadi. Yilning ushbu nufuzli musobaqasi aynan 2 iyul kuni start oladi.
Qo'l to'pi ustalarimiz qura natijasiga ko'ra “A” guruhidan joy olishgan. Qizlarimiz o'z guruhlarida Vengriya, Norvegiya, Mo'g'uliston, Angola hamda gandbol vatani hisoblangan Daniya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Eslatib
o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1997 yili Germaniya, 2014 yili
Makedoniyada o'tkazilgan jahon chempionatilarida ham ishtirok etgandi.
Fikrlar