03 iyu 18:50
Yangiliklar
Gandbolchilarimiz JCH-2016ning ilk turida mag'lub bo'lishdi
Qizlar o'rtasidagi musobaqaning “A” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston terma jamoasi bugun dastlabki uchrashuvini vengriyalik raqiblariga qarshi o'tkazishdi. Murosasiz o'yinda evropaliklar 41-19 (27:9,14:10) hisobida ustun kelishdi.
Hamyurtlarimiz guruhdagi ikkinchi o'yinini 5 iyul kuni CHernogoriya gandbolchilariga qarshi o'tkazishadi. O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak raqiblari bugun Norvegiya termasiga 23-35 hisobida mag'lub bo'lishdi.
QOLGAN NATIJALAR BILAN TANISHING:
Daniya – Angola 28-24
Janubiy Koreya – Braziliya 35-34
Xorvatiya – Avstriya 24-23
Franciya – Tunis 34-22
SHuningdek, bugun Ruminiya – Qozog'iston, Yaponiya – Xitoy, Germaniya – Misr, SHveciya – CHili hamda Ispaniya – Argentina terma jamoalari o'zaro baxs yuritadi. Kecha chempionatining ilk o'yini mezbon Rossiya va Gollandiya qo'l to'pi ustalari o'rtasida o'tkazilib, unda ruslar 31-24 hisobida g'alabaga erishgandi.
Jami 24ta terma jamoa o'rtasida boshlangan jahon chempionatining guruh boskichda terma jamoamiz shuningdek, Norvegiya, Daniya hamda Angola gandbolchilariga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar