12 iyu 14:26
Yangiliklar
Gandbolda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Germaniyani mag'lub etib, Jahon kubogini qo'lga kiritdi
Milan shahri besh qitaning 31 davlatidan tashrif buyurgan terma jamoalarni o'zida jamladi. Bunday xalqaro turnir 45 marta tashkil qilindi.
18 yoshgacha bo'lgan o'zbekistonlik gandbolchilar finalga qadar Daniya (17:11), Germaniya (23:17), Italiya (28:22) va Turkiya (22:11) termalarini mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.
Reglamentga ko'ra, final o'yinida ochkolar nisbati eng yaxshi bo'lgan ikki terma jamoa o'zaro kurash olib borishi kerak edi. Bu borada nemislar yana bir bor o'zbekistonlik sportchilarga qarshi zalga chiqdi va 24:28 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Turnirda 3-o'rin daniyalik sportchilarga nasib qildi.
Federaciya matbuot xizmatining qayd etishicha, yosh gandbolchilar 15 iyul tongida Toshkentga qaytib keladi.
Fikrlar