25 sen 17:54
Yangiliklar
"Ganster"larning kattasi qaytmoqda! Nik Diaz olti yillik tanaffusdan so'ng jang qiladi. Raqib esa 17 yil avvalgi "qadrdoni"
Nikolas Robert Diaz yoki shunchaki Nik Diaz! 1983 yil 2 avgust kuni Kaliforniya shtatida tug'ilgan. Diaz yoshligdan karate va aykido bilan shug'ulanib kelgan, shuningdek, kurashda ham ancha yaxshi natijalarni qo'lga kiritadi! 16 yoshidan boshlab dzudoga ham borishni boshlaydi. O'sha vaqtlarda UFC jangchisi hisoblagan Renco Greysi bilan tanishganidan so'ng MMAga kirishga qaror qiladi.
MMAga kirib kelishi
Diaz 2001 yilda MMA professional bokschisiga aylandi. U IFC Warriors Challenge 15 turnirida debyut qildi va raqibini bo'g'ib qo'ydi. Ikkinchi jangida esa Kris Litlni mag'lub etdi va ikkinchi jangida chempionlikni qo'lga kiritdi.
Ikki oy o'tib esa, Ultimate Athlete's King of the Mountain turnirda ishtirok etdi. Dastlabki ikkita bahsda g'alaba qozongan Diaz finalda Jeremi Jeksonga mag'lub bo'ldi va faoliyatida ilk qo'li tepaga ko'tarilmadi. Diaz omadsizlilardan o'ziga kela oldi va birin ketin raqiblarini mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. SHundan so'ng UFC Nik bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. U UFC 44 kechasida debyut qildi va Jeksondan revansh olishga erishdi.
UFC'dagi faoliyati...
Diaz UFC 47 kechasida EliteXC sobiq chempioni Robbi Loulerga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangdan avvalgi tahminlarda Robbi jangning favoriti edi, biroq oktagonda esa barchasi o'zgarib ketdi. Bahsning birinchi raundida Louler Diazdan qochib yurdi, ikkinchi raundda esa aniq huk zarbasi orqali Diaz g'alabani qo'lga kiritdi. SHundan so'ng Ganster UFC 49 kechasida Karo Parisyanga qarshi oktagonga ko'tarildi, daxshatli kechgan bahsda hakamlar Karoning g'alabasini malum qilishdi. Diaz bu mag'lubiyatdan so'ng ketma-ket ikkita jangda g'alaba qozondi, biroq keyin Diazning faoliyatini to'liq "tuman" egalladi. Dastlab Diego Sanchesga mag'lub bo'lgan Nik, keyingi ikkita bahsida ham mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. Mag'lubiyatlardan so'ng Diaz yana ikki bor UFC'da jang qildi va shundan so'ng hayotida nimanidir o'zgaritirish kerakligini tushunib etdi. UFC bilan shartnomasi yakunlangan Diaz 2007 yilda PRIDE bilan shartnoma imzoladi, u erda bitta jangda ishtirok etgan amerikalik navbatdagi tashkilotlar EliteXC va Strikeforce'da ham oktagonga ko'tarildi. Qizig'i har ikki tashkilotda bitta ham mag'lubiyatga uchramaydi va yarimo'rta vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritadi.
UFC'ga ikkinchi bor qaytishi
Dana Uayt Diazning mag'lubiyatsiz harakatlaridan ilhomlandi va uni ikkinchi bor UFC'ga qaytarishga qaror qildi. Uning maqsadi navbatdagi The Ultimate Fighter realiti shouga Diaz va Jorj Sent-Perni murabbiy qilish edi va ular o'rtasida chempionlik jangini tashkil etish edi. Dana Nikning qaytishi uchun munosib raqib sifatida - Bi Jey Penni tanladi! Jang UFC 137 kechasida bo'lishi lozim, kechaning markaziy jangida esa vazn chempioni Jorj Sent-Per Karlos Konditga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi, ammo jangga oz muddat qolganida chempion jarohat oldi va shu tariqa Diaz va Penn jangi UFC 137 kechasining markaziy bahsi sifatida tarixga kirdi. Jangda to'liq ustunlikka erishgan Diaz hakamlar qarori bilan g'alabani tantana qildi. G'alabadan so'ng esa Nik arenada Jorj Sent-Perni jangga chorladi. Ammo kanadalikning jarohati borligi sababli UFC vaqtinchalik kamar uchun Kondit - Diaz jangini tasdiqladi. UFC 143 kechasida Diaz raqibiga qarshi jang qildi va murosasiz kechgan to'qnashuvda Kondit g'alabaga erishdi.
Mag'lubiyatdan so'ng Diaz revansh talab qildi va UFC rahbari uning istagini bajo keltirdi. Biroq jangga oz qolganida, Diazning qonidan marixuana topildi va malum muddatga chetlatildi. Malum muddatdan so'ng sud Nikni bir yilga chetlatdi.Qaytishdan so'ng Nik o'zi istagan raqibi Jorj Sent-Perni raqib sifatida berishdi. Diaz va Jorj 2013 yilda UFC 158 kechasida oktagonga ko'tarildi va Nik raqibiga ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'ldi. Mag'lubiyatdan so'ng amerikalik jangchi boshqa oktagonga ko'tarilishni istamadi, uning UFC bilan tuzgan shartnomasi ham yakunlandi. Unga bir nechta kuchli raqiblar berildi, ammo barchasiga rad javobini berdi. Bir yillik tanaffusdan so'ng esa UFC nihoyat Diaz bilan yangi uchta jangga kelishdi. U 31 yanvar kuni Anderson Silvaga qarshi jang qildi va bu bahsda ham ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ammo Silvaning qonidan taqiqlagan modda aniqlandi va bahs o'tkazilmagan deb elon qildi. Bu orada Diaz yana bir bor marixuana bilan tushdi va bu safar USADA qattiqroq jazo tayinladi. Yani Nikni besh yilga chetlatildi va qo'shimchasiga 160 ming dollar jarima to'lashi belgilandi. Ammo to'rt oydan so'ng jazo 1 yarim yilga kamaytirildi. SHundan so'ng Diaz boshqa oktagonga ko'tarilmadi.
Navbatdagi qaytish...
Diazning qaytishi haqida yilning boshidan beri gapirildi. Ko'pchilik Gansterning qaytishiga ishonmadi. Biroq UFC rahbari Dana Uayt uni ko'ndirdi va ertaga tongda Diaz Robbi Loulerga qarshi oktagonga ko'tariladi. Jang UFC 266 kechasida muximligi bo'yicha uchinchi bahs bo'ladi,aslida esa ko'plab muxlislar UFC 266 da aynan shu jangni ko'proq kutishmoqda. Jangchilar 17 yildan so'ng, 6384 kundan so'ng yana o'zaro bahs olib boradi.
Fikrlar