27 iyu 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1913_220.jpg)
Garsiya 24 sentyabrda Meyvezerning so'nggi raqibi bilan uchrashadi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Denni Garsiya o'zining navbatdagi himoya jangini 24 sentyabr kuni AQSHda o'tkazadi.
ESPN telekanalining xabar berishicha, Garsiya katta ehtimol bilan shu kuni sobiq jahon chempioni Andre Bertoga qarshi ringga ko'tariladi. Berto afsonaviy Floyd Meyvezerning professional faoliyatidagi so'nggi raqibi bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Garsiya filippinlik yana bir afsona 37 yoshli Menni Pakyaoning 4 million dollarlik taklifiga rad javobini bergandi. Pakyao Garsiyaga shu yil o'zaro jang o'tkazish uchun aynan shuncha miqdordagi gonorarni taklif qilgandi.
Havola :
Fikrlar