02 mar 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassiev Usik bilan final jangiga AQSHda tayyorgarlik ko'radi
Rossiyalik bokschi Murat Gassiev kelayotgan haftadan Butunjahon boks superseriyasining final jangiga tayyorgarlikni boshlaydi.
Gassiev birinchi og'ir vazn toifasida IBF va WBA yo'nalishlari chempioni hisoblanadi. U hal qiluvchi final jangida ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tariladi.
Usik qolgan ikkita yo'nalishda jahon chempioni bo'lib turibdi. Gassievning mashg'uloti 5 mart kuni AQSHda boshlanadi. Superseriyaning final jangi 11 may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar