14 apr 11:59
Yangiliklar

Gastelumni mag'lub etgan Israel Adesanya UFC chempioniga aylandi
Birinchi raundda tomonlar raqibni o'rganishga harakat qilishdi. Adesanya ko'proq harakat qilgan bo'lsa-da, Gastelumning zarbalari ancha zalvorli chiqdi. Kelvin o'ng tomondan bergan zarbasi evaziga raqibini qulatishga muvaffaq bo'ldi, lekin Israel tezda o'ziga kelib oldi.
Ikkinchi va uchinchi raundlarda tashabbus to'liq Israel tomoniga o'tdi. Ayniqsa, uning loukik va oyoqda bergan zarbalari Kelvinni muvozanatdan chiqardi. Ikkinchi raundda Gastelum nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
To'rtinchi raundda Kelvin o'ziga keldi va kuchli oyoq zarbasi bilan Adesanyani nokaut qilib qo'yishiga bir bahya qoldi. Besh raundlik jang yakunida hakamlar bir xil - 48-46 hisobida Israel Adesanyaning g'alabasini taminlashdi. Israel o'rta vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Fikrlar