14 iyu 11:55
Yangiliklar
Futbol

Gattuzo Italiya termasi bilan shartnoma imzolaydi. Uning yordamchilari kim bo'lishi malum
47 yoshli mutaxassis Italiya terma jamoasi bilan 1+1 ko'rinishda shartnoma imzolaydi.
Agar Gattuzo terma jamoani JCHga olib chiqsa, shartnoma avtomatik tarzda yana 1 yilga uzaytiriladi. Unga terma jamoada Leonardo Bonuchchi va Andrea Barcali yordam berishi kutilmoqda. Bu haqida Sport Mediaset nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Gattuzo 5 iyun kuni Xorvatiyaning “Xayduk“ klubi bilan shartnomani bekor qilgandi.
Havola :
Fikrlar