22 mar 12:38
Yangiliklar
Futbol
Gavi "Barselona"ni tekinga tark etishi mumkin
"Barselona" yozda iqtidorliya rim himoyachisi Gavini tekinga qo'yib yuborishga majbur bo'lishi mumkin.
2022 yil sentyabr oyida imzolangan kelishuvda shunday band borki, agar klub Gavini 2023 yil 30 iyunga qadar asosiy jamoa futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkaza olmasa, futbolchi erkin agent maqomida Kataloniyani tark etishi mumkin bo'ladi. Mish-mishlarga qaraganda, APL klublari Gaviga bu "qadam"ni tashlashda "yordam berib yubormoqchi".
Avvalroq sud Gavining "ko'k-anorranglilar" bilan imzolagan yangi shartnomasini bekor qilgandi. Hozirgi vaqtda yarim himoyachi yoshlar jamoasi azosi sifatida asosiy jamoaga jalb qilinmoqda.
"Barselona" bu qaror borasida shikoyat arizasi topshirish niyatida, chunki klubdagilar kelishuv o'z vaqtida va barcha qoidalarga muvofiq tuzilgan deb hisoblashmoqda.
Havola :
Manba : Relevo
Fikrlar