So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

09 fev 19:02
Yangiliklar

Futbol

"G'azalkent" Pro liga uchun talab etilgan hujjatlarni rasmiylashtirdi

Teglar :  G'azalkent
Avvalroq "G'azalkent" Liga azosi bo'lish uchun ariza topshirgan bo'lib, klubga yangi futbolchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish uchun MyLeague platformasidan foydalanish huquqi taqdim etilgandi.

Keyingi qadam sifatida "G'azalkent" Bo'stonliq tumanida joylashgan futbol stadioniga investiciya kiritish orqali, undan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanish yuzasidan ariza topshirdi. Mazkur bosqichda klub stadionni kapital tamirdan chiqarish bo'yicha smeta xarajatlarini ishlab chiqib, uning moliyalashtirish manbalari bo'yicha o'z rejasini tasdiqlab ulgurgan. Endilikda klub Sport vazirligi bilan hamkorlikda belgilangan tartibda stadiondan foydalanish bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini boshlagan. Amaldagi qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli masalalar to'liq hal etilsa, G'azalkentdagi stadionda qurilish va tamirlash ishlari start oladi. Klub rejasiga ko'ra, barcha masala o'z vaqtida ijobiy yakun topsa, yangi qiyofadagi stadion shu yilning ikkinchi yarmiga qadar tayyor bo'ladi va G'azalkent shahriga katta futbol qaytadi. 

SHuningdek, Associaciyaning amaliy ko'magi bilan "G'azalkent" futbol klubi hamda Toshkent viloyati futbol maktabi o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7 apreldagi 115-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan mazkur qadamlar sabab, endilikda Toshkent viloyatining turli hududlarida "G'azalkent" futbol klubi maktabining filliallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi. O'z navbatida, klub sakkiz yosh toifasi bo'yicha 25 nafardan kam bo'lmagan futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishni boshlaydi. 

Ayni vaqtda "G'azalkent" klubi Turkiyada tashkil etilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etayotgan bo'lib, uning yillik xarajatlar smetasi Liga ro'yxatidan o'tkazilgan. 2026 yil davomida klub o'zining stadioni, bazasi va talab darajasidagi futbol maktabi mavjud bo'lgan loyihaga aylanishi ko'zda tutilgan. Rejaga ko'ra, keyingi yillarda klub OFK licenziyalash jarayonlariga sinov tariqasida jalb etiladi.

Klub smetasi, stadionni to'liq tamirlash xarajatlari xususiy investisiyalar hisobidan amalga oshirilayotgani, uning strategiyasi va bolalar futbolini yanada rivojlantirishga bo'lgan yondashuvidan kelib chiqib, Liga "G'azalkent" futbol klubini Pro liga ishtirokchilari safiga qabul qilishni maqsadga muvofiq deb topdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing